
Vivo Y300GT smartfoni 9-may kuni sotuvga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Yangi model kuchli akkumulyator, ilg‘or sovitish tizimi va chidamlilik sertifikatlari bilan ta’minlangan. Qurilma hali narxi e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, texnik imkoniyatlari bilan e’tibor qaratmoqda.
Texnik xususiyatlar:
| Xususiyat | Tafsilotlar |
|---|---|
| Akkumulyator | 7620 mAh, 90 Vt tezkor quvvatlash |
| Batareya kafolati | 54 oylik kafolat, «to‘g‘ridan to‘g‘ri quvvat yetkazish» texnologiyasi |
| Protsessor | MediaTek Dimensity 8400 |
| Sovitish tizimi | 7K VC issiqlik tarqatish paneli |
| Mustahkamlik | Uchta harbiy standart testidan o‘tgan |
| Ekran | 144Hz yangilanish, 2000 nit yorqinlik, 300Hz sensor javobi |
| Kamera | Sony sensor, OIS (optik tasvir barqarorlashtirish) |
| Himoya darajasi | IP65, 12 soat yomg‘irga chidamli |
| Dizayn | Qora va oltin ranglar, «Vast Porthole» dizayni |
| Operatsion tizim | OriginOS 5 |
| O‘lchamlar | 8.09 mm qalinlik, 212 g og‘irlik |
Avvalroq bloger Sami Luo Tech tomonidan Vivo X200 Ultra smartfoni boshqalari bilan taqqoslagani haqida yozgan edik.