Ayrim ijtimoiy xizmatlar xarajati endi vaucher orqali qoplab beriladi
eʼlon qilindi
Prezident qaroriga muvofiq

Endilikda ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari davlat tomonidan vaucher asosida qoplab beriladi. Prezident qaroriga muvofiq, ushbu mexanizm aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Vaucher quyidagi toifalarga beriladi:
Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam va kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati uchun:
- «Kambag‘allik reyestri»da yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida bo‘lganlarga;
- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchilarga.
Shaxsiy yordamchi xizmati uchun:
- I guruh nogironlik belgilangan shaxslar;
- Ko‘zi ojizlik bo‘yicha birlamchi nogironligi bor fuqarolar;
- Nogironlar aravachasidan foydalanishi birinchi marta belgilangani aniqlanganlar.
Shuningdek, 2025-yil 1-dekabrgacha Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari huzurida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi bank jinoyatlaridan yetgan zarar bankning o‘zi tomonidan qoplanishi haqida xabar bergan edi.