O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun yangi qo‘llab-quvvatlov dasturi joriy etiladi
eʼlon qilindi
Dastur doirasida 5 ta yangi ijtimoiy xizmat joriy etiladi

8-may kuni prezident tomonidan «O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi. Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan «Faol hayotga qadam» nomli yangi ijtimoiy dastur amalga oshiriladi.
Dastur doirasida quyidagi 5 ta yangi ijtimoiy xizmat joriy etiladi:
- uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish;
- uy sharoitida qarab turish;
- tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya;
- kunduzgi qatnov asosida qarab turish;
- shaxsiy yordamchi xizmati.
Mazkur xizmatlardan foydalanish xarajatlari qisman vaucher orqali qoplab beriladi. Vaucherlar hukumat belgilagan miqdorda subsidiya sifatida ajratiladi.
Vaucherlar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimidagi «Oila hamkori» platformasi orqali ajratiladi va boshqariladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ayrim ijtimoiy xizmatlar xarajati endi vaucher orqali qoplab berilishi haqida xabar bergan edi.