1-iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi kuchga kiradi

eʼlon qilindi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan
1-iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi kuchga kiradi / Foto: Toshkent Shahar YHXB

1-iyundan boshlab yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida baholanadi. 6-may kuni «Vazirlar Mahkamasining Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Ushbu tizimga ko‘ra, MJtK (Motorli transport va yo‘l harakati kodeksi)dagi 12 ta modda bo‘yicha 19 xil qoidabuzarlik uchun jarima ballari miqdori tasdiqlandi.

Jarima ballari faqat YHXX (Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati) inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan qarorlar asosida belgilanadi. Shuningdek, foto va videokameralar, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisobga olinmaydi.

Agar bir yil davomida 12 balldan ortiq jarima ballari to‘plangan haydovchilarni sudga oshirish va ularni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish ko‘zda tutilgan. Bunday holatda,huquqdan mahrum qilish muddati kamida 6 oy bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, yangi tizimda qoida buzmagan haydovchilarni rag‘batlantirish choralari ham mavjud. 12 oy davomida qoida buzmagan haydovchilarga kelgusi yilning birinchi qoidabuzarligi uchun jarima bali yozilmaydi. Shuningdek, 6 oy davomida qoidabuzarlik qilmagan haydovchilardan 2 jarima bali ayirib tashlanadi.

Avvalroq «Kursiv» Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoir Yoʻldoshevning ma’lum qilishicha, yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballarini hisoblash tartibi hali tasdiqlanmagan va 1-maydan kuchga kirmasligi haqida yozgandi.

«Jarima ballarini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda. Shu bois tegishli hujjat qabul qilingach jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi», – deyiladi YHXX bayonotida.

Shuningdek