Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilishi mumkin

10-may 2025 00:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Abduqodir Husanov
Foto: Getty images

«Shaharliklar» klubi 2024-2025-yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi uchun ovoz berish tizimini ochdi. Abduqodir Husanov eng yaxshi o‘yinchi bo‘lishi mumkin.

Erkaklar o‘rtasidagi 2024-2025-yilgi mavsumdagi «Manchester Siti» o‘yinchisi uchun ovoz berish 16-may, juma kuni soat 10:00 (Buyuk Britaniya vaqti bilan)gacha ochiq bo‘ladi.

G‘olib 24-may kuni e’lon qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, Husanov «Manchester Siti»ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisiga aylangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Gvardiola Husanovning maydonga tushmaslik sababini ochiqlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek