Avto

Cadillac Optiq 2025 Yaqin Sharqda sotuvga chiqdi

To‘liq elektr krossover endi BAA, Qatar va boshqa mamlakatlarda mavjud
Cadillac Optiq 2025
Cadillac Optiq 2025 Yaqin Sharqda sotuvga chiqdi / Foto: Gmauthority

General Motors Yaqin Sharq bozorida Cadillac Optiq 2025 elektromobilining rasman savdosini boshladi. Bu haqda gmauthority nashri ma’lum qildi.

Cadillac’ning to‘liq elektr krossoveri birinchi bosqichda BAA, Qatar, Quvayt, Bahrayn va Ummon kabi mamlakatlarda taqdim etildi. Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Livanda esa tez orada savdoga chiqishi kutilmoqda.

Foto: Gmauthority

Optiq Yaqin Sharqqa eng yuqori Luxury 3 trim darajasida keltirilgan bo‘lib, mintaqaviy birinchi marta Super Cruise yarimavtonom haydash tizimi bilan jihozlangan. Model 300 ot kuchi va 451 Nm moment ishlab chiqaruvchi ikki elektr motorli to‘liq g‘ildirakli uzatmaga ega. 85 kVt/soatli batareyasi esa bir zaryadda 492 kmgacha yurish imkonini beradi.

2025 Cadillac Optiqning BAAdagi boshlang‘ich narxi 235 ming dirhamni (taxminan $63,9 ming) tashkil etadi. Bu Cadillac’ning Yaqin Sharqdagi elektromobillar bozoriga jiddiy kirib kelishini bildiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Cadillac eng arzon elektr krossoveri Optiq’ni yetkazib berishni boshlagani haqida xabar bergan edi.