Hindiston va Pokiston kelishuvga erishdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi
Foto: AP

Hindiston va Pokiston to‘rt kecha davom etgan harbiy obyektlarga qarshi o‘zaro havo hujumlaridan so‘ng, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Kelishuv Oq uy vositachiligida erishilgan bo‘lib, Tramp bu natijani «keskin kechki muzokaralar» samarasi deb atadi. Dehli hamda Islomobodga oqilona murosaga intilganlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Pokiston tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar Trampning bayonotini tez orada tasdiqlab, mamlakat mintaqada tinchlik va barqarorlik tarafdori ekanini, shu bilan birga o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligidan hech qachon voz kechmasligini ta’kidladi.

Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vikram Misri esa kelishuvga ko‘ra, 10-may, shanba kuni soat 17:00 dan boshlab havoda va dengizda barcha harbiy harakatlar to‘xtatilishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pokiston Hindistonga qarshi katta harbiy kampaniya boshlaganini e’lon qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek