
Sovet davrida uchirilgan «Kosmos-482» sayyoralararo kosmik apparati Hind okeaniga quladi. Bu haqda Roscosmos xabar berdi.
Qurilma yerni o‘rab olgan yuqori elliptik orbitada ishlashda davom etgan, ammo texnik nosozlik sababli o‘z yo‘nalishini saqlab qololmagan.
Kosmik apparat o‘z orbitasidan nazorat ostida chiqib, Moskva vaqti bilan soat 9:24 da Andaman orollari yaqinida, 560 km g‘arbda, kuchli atmosferaga kirib, Hind okeaniga tushdi.
Qurilmaning orbitadan chiqish jarayoni Avtomatlashtirilgan xavf-xatarni ogohlantirish tizimi tomonidan kuzatib borildi.
Ma’lumot uchun, 1972-yil 31-mart sanasida sobiq Ittifoqning «Venera» dasturi bo‘yicha «Kosmos-482» sayyoralararo kosmik apparati fazoga uchirilgan. Biroq raketa-tashuvchining yakuniy bosqichi muvaffaqiyatsiz ishlashi oqibatida u Yer orbitasida qolib ketgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Kosmos-482» apparati O‘zbekiston hududiga qulashi mumkinligi haqida yozgandi.