
Qozog‘istonning WEproject nashri O‘zbekistonning top o‘nta eng ko‘rilgan seriallar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda nashrning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, top uchtalikdan «Opa-singillar»(2012-yilgi film), «Mehmonjonlardan aylanay» (2008-yil) va «Olovli yo‘llar» (2012-yil) o‘rin olgan.
Shuningdek, ro‘yxatda «Shaytanat», «Artist», «Meni sev», «Qadam», «Meni asra», «Qizim» va «Tutash taqdirlar» seriallari ham bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda $3,5 mln budjetga ega hind kinosi namoyish etilgani haqida yozgandi.