Samsung Galaxy S25 Edge qachon taqdim etilishi ma’lum qilindi – video

eʼlon qilindi
Bu haqda kompaniya o‘z instagram sahifasida ma’lum qildi
Samsung Galaxy S25 Edge qachon taqdim etilishi ma'lum qilindi — video
Samsung Galaxy S25 Edge qachon taqdim etilishi ma’lum qilindi — video / Foto: Techradar

Samsung kompaniyasi eng yupqa qalinlikka ega smartfon Samsung Galaxy S25 Edge taqdimotini rasman e’lon qildi. Bu haqda kompaniya o‘z instagram sahifasida malum qildi.

Ushbu smartfonning taqdimoti 13-may sanasida bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Galaxy S25 Edge haqida hozircha mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon atigi 5,8 mm qalinlikka ega bo‘lishi mumkin. U titan qotishmasidan yasalgan ramka va Gorilla Glass Ceramic 2 oynasi bilan himoyalangan. Uning vazni esa taxminan 163 gramm bo‘lishi aytilmoqda.

Video: Samsung

Galaxy S25 Edge Snapdragon 8 Elite protsessori, 12 GB operativ xotira va 256 yoki 512 GB ichki xotira bilan jihozlanadi. Asosiy kamera esa 200 megapikselli bo‘lib, unga 12 megapikselli ultra keng burchakli kamera qo‘shiladi. Batareyasi taxminan 3 900 – 4 000 mA/soat sig‘imga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Displey esa 6,7 dyuymli AMOLED Infinity-O texnologiyasiga ega bo‘lib, yuqori aniqlik va yorqinlikni ta’minlaydi. Smartfon One UI 7 interfeysi va eng yangi Galaxy AI xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung bu model uchun 7 yilgacha yangilanish kafolati va’da qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung S25 Edge o‘zi qanday smartfonligi haqida yozgan edi.

Shuningdek