Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

eʼlon qilindi
Shaxmat federatsiyasi ham yopilgan
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi / Foto: Pexels.com

Afg‘onistonda «Tolibon» harakati tomonidan shaxmat o‘yini rasmiy ravishda harom deb e’lon qilindi. Ezgulikni targ‘ib qilish va buzuqlikning oldini olish vazirligining bayonotiga ko‘ra, shaxmat diniy jihatdan man etilgan o‘yin hisoblanadi.

Eron OAViga ko‘ra, Afg‘oniston Shaxmat federatsiyasi ham yopilgan.

9-may kuni shaxmatchilar Sport departamentiga murojaat qilib, o‘yinni davom ettirish va musobaqalar o‘tkazishga ruxsat so‘radi. Biroq ularga shaxmatni taqiqlovchi farmon chiqqani va federatsiyaning faoliyati to‘xtatilgani bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tolibon ayollarga qaraydigan derazalarni qurishni taqiqlagan edi.

Shuningdek