Andijon viloyati hokimi 15 yoshli qizni zo‘rlagani haqidagi xabarlarga izoh berildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hokimlik bunday xabarlarni shaxs obro‘siga putur yetkazuvchi tuhmat deb hisoblagan
Andijon viloyati hokimi 15 yoshli qizni zo‘rlagani haqidagi xabarlarga izoh berdi / Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

2025-yil 9-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bloger Ulug‘bek Ashur tomonidan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga nisbatan og‘ir va asossiz ayblovlar ilgari surilgan post e’lon qilindi. Hokimlik matbuot xizmati ushbu xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, mazkur postda «Andijonlik fuqaro ma’lumotiga ko‘ra» degan ibora ostida viloyat hokimi go‘yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinoyat sodir etgani haqida asossiz bayonot berilgan.

Andijon viloyati hokimligi ushbu ma’lumotlarni mutlaqo asossiz, haqiqatga zid va shaxs sha’ni, qadr-qimmati hamda obro‘siga putur yetkazuvchi tuhmat deb hisoblaydi. Mazkur xabar hech qanday dalil-isbotsiz tarqatilgan bo‘lib, jamoatchilikni chalg‘itish va noto‘g‘ri fikr uyg‘otishga qaratilgani ayon, deyiladi hokimlik xabarida.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu kabi yolg‘on, ig‘vogarlik xarakteridagi axborotlar noqonuniy manbalarga tayangan holda tarqatilmoqda. Bunday holatlarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Ayni paytda Andijon viloyati hokimligi tomonidan mazkur asossiz ma’lumotlarni tarqatgan va jamoatchilik orasida noto‘g‘ri tasavvur shakllantirishga uringan shaxslarga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy murojaat yo‘llandi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzAuto Motors Malibu-2 avtomobillarining Xitoydan olib kelinishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirgan edi.

Shuningdek