Lifestyle

Avtobusda konditsioner yoqilmasa nima qilish kerak

Jamoat transportida harakatlanish tavsiyasi
avtobus
Avtobusda konditsioner yoqilmasa nima qilish kerak / Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ

«Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yoz mavsumida avtobuslar salonlarining mo‘tadil haroratini ta’minlashga doir bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tashkilot salon ichidagi haroratning yuqori chegarasi 26 gradus ekanini qayd etgan. Avtobusda konditsioner yoqilmasa nima qilish lozim?

Agar siz me’yordan ortiq issiqda jamoat transportidan foydalansangiz, quyidagilarni yodda tuting:

Haydovchiga murojaat qiling

Foydalanuvchi huquqingiz yordamida konditsionerni yoqib qo‘yishni so‘rashingiz mumkin. Ayrim hollarda haydovchilar unutib qo‘yishadi yoki texnik sabablarga ko‘ra yoqmaydi.

Boshqa yo‘lovchilarning fikrini so‘rang

Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ

Agar sizdan tashqari boshqalar ham noqulaylik sezayotgan bo‘lsa, birgalikda murojaat qilganingiz samarali bo‘ladi. Ba’zi hollarda sizdagi tibbiy holat ham atrofni issiq yoki yoqimsiz his qilishingizga sabab bo‘lishi mumkin.

Transport tashkilotiga murojaat qiling

Har bir yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bo‘ladi (masalan, «Toshshahartransxizmat» AJ). Shikoyat va takliflar uchun telefon raqami, Telegram bot yoki vebsayt bo‘yicha aloqa ma’lumotlari mavjud bo‘ladi. Avtobus raqamini, yo‘nalishni, vaqti va sanani eslab qoling – bu sizning murojaatingizni aniqroq qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozing

Siz ijtimoiy tarmoqda faol bo‘lsangiz, bunday muammolarni tez va yoppasiga hal qilishga yordam berishingiz mumkin. Ko‘pincha bunday holatlarga tez javob beriladi, chunki bu ommaviy e’tiborga tushadi.

Keyingi safar boshqa transport vositasini tanlang

Agar bir yo‘nalishdagi avtobuslar doimiy ravishda konditsionersiz harakatlansa, boshqa transport vositalarini tanlash mumkin.

«Toshshahartrasnxizmat» AJ 1,5 mingdan ziyod avtobuslarning 1,4 mingdan ko‘prog‘ida sovitish tizimi mavjud. Bu haqda kompaniya bosh mutaxassisi Furqat Boynazarov ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekiston hududlariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta mikroavtobus keltirilgani haqida yozgan edi.