Yangiliklar

Buxoro – Xorazm yo‘lida aniqlangan chigirtkalar to‘dasi tegishli agentlik nazoratiga olindi

Agentlik tomonidan 24/7 rejimida kimyoviy ishlovlar olib borilmoqda
Buxoro – Xorazm yo‘lida aniqlangan chigirtkalar to‘dasi tegishli agentlik nazoratiga olindi / Foto: O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro va Xorazm viloyatlarini bog‘lovchi yo‘lda chigirtkalar to‘dasi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Buxoro viloyatidagi A-380 avtomobil yo‘lining 327-kilometrida saksovul bukri chigirtkasi to‘dasi aniqlandi va holat nazoratga olindi, deya ma’lum qilmoqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi.

Zararni oldini olish maqsadida maxsus xizmatlar tomonidan 24/7 rejimida kimyoviy ishlovlar olib borilmoqda. Ayni paytda chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari uyushqoqlik bilan davom etilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, saksovul bukri chigirtkasi qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazmaydi. Respublika bo‘yicha 472 ming gektardan ortiq maydonda monitoring o‘tkazilib, 267 ming gektarda zararli chigirtkalar aniqlangan. Shundan 244 ming gektarda zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berilgan.

Barcha murojaatlar hududiy shtablar tomonidan tezkor ko‘rib chiqilmoqda. Fuqarolardan asossiz vahima tarqatmaslik, rasmiy manbalarga ishonish so‘raladi. Zararli chigirtkalar haqida 1288 yoki 71 202 10 00 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 3 ta chorvachilik majmuasi tashkil etilgan edi.