
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Erling Xolandning safga qaytishini jamoa uchun muhim hodisa sifatida baholadi. Bu haqda klub saytida ma’lum qilindi.
Hujumchi uzoq tanaffusdan so‘ng «Sautgempton»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 97 daqiqa davomida harakat qildi. O‘yin golsiz durang bilan yakunlandi – 0:0.
«Bugun uning jamoada bo‘lishi juda muhim edi. U uzoq vaqt o‘ynamadi, ammo bugungi o‘yinni to‘liq o‘tkazgani ijobiy holat. Men bu darajadagi tayyorgarlikni kutmagandim. U bizga kerak», – deya ta’kidlagan Gvardiola.
«Bizda imkoniyatlar bo‘ldi – Savinyoda, Nikoda. Afsuski, gol ura olmadik. Ular darvozaga biror marta ham aniq zarba bera olishmadi, lekin biz bu natijani qabul qilishimiz kerak», – degan murabbiy o‘yindan keyin.
Jamoa endi Angliya kubogi va boshqa muhim uchrashuvlarga tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilishi mumkinligi haqida yozgan edi.