O‘zbekiston va Rossiya 2026 – 2030-yillar uchun harbiy-strategik dasturini amalga oshiradi

eʼlon qilindi
Bu borada dastur rejasi imzolandi
O‘zbekiston va Rossiya harbiy-strategik dasturini amalga oshiradi / Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Andrey Belousov Moskvada ikki davlat harbiy aloqalarini yanada chuqurlashtirishga kelishib oldilar.

Unga ko‘ra, Belousov O‘zbekiston SSRning urushdagi fidokorona hissasini e’tirof etib, Qizil maydondagi paradga o‘zbekistonlik harbiylarning ishtirokini mantiqiy va tarixiy deb baholadi. Xolmuhammedov esa paradga tayyorgarlik uchun yaratilgan shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, tomonlar 2026 – 2030-yillar uchun harbiy sohadagi strategik hamkorlik dasturini amalga oshirish rejasini imzoladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezidentning g‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlardagi ishtiroki haqida yozgan edik.

Shuningdek