
Ramazan Temirovning UFC doirasidagi navbatdagi jangi 26-iyul kuni Abu-Dabi (BAA)da bo‘lib o‘tadi. Uning raqibi qozog‘istonlik Asu Almabayev bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Chempionat xabar bermoqda.
Ramazan Temirov 1997-yil Qarshi shahrida tavallud topgan. UFC’ning yengil vazn toifasidagi rasmiy reytingida 13-o‘rinni egallagan.
Uning professional karyerasida 19 ta g‘alaba, uchta mag‘lubiyat mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UFC prezidenti Dana Uayt Adolf Gitlerni qo‘llab-quvvatlagan jangchini qoralagani haqida yozgan edi.