Sport

Ramazan Temirovning navbatdagi raqibi kim

Jang 26-iyul kuni bo‘lib o‘tadi
Ramazan Temirov
Ramazan Temirovning navbatdagi raqibi kim / Foto: Jeff Bottari/Zuffa LLC

Ramazan Temirovning UFC doirasidagi navbatdagi jangi 26-iyul kuni Abu-Dabi (BAA)da bo‘lib o‘tadi. Uning raqibi qozog‘istonlik Asu Almabayev bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Chempionat xabar bermoqda.

Ramazan Temirov 1997-yil Qarshi shahrida tavallud topgan. UFC’ning yengil vazn toifasidagi rasmiy reytingida 13-o‘rinni egallagan.

Uning professional karyerasida 19 ta g‘alaba, uchta mag‘lubiyat mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UFC prezidenti Dana Uayt Adolf Gitlerni qo‘llab-quvvatlagan jangchini qoralagani haqida yozgan edi.