Shahrisabz aeroporti ilk bor ATR-72 samolyotini qabul qildi

10-may kuni Shahrisabz aeroporti «Silk Avia» aviakompaniyasining Toshkent – Shahrisabz yoʻnalishidagi ilk reysini kutib oldi. Bu haqda Uzbeksitan Airports ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, parvoz zamonaviy ATR 72-600 samolyotida amalga oshirildi. Samolyot an’anaga ko‘ra suv arkasi bilan, ekipaj esa gullar bilan kutib olindi.
Endilikda «Silk Avia» haftasiga to‘rt marta – seshanba, payshanba, juma va shanba kunlari ushbu yo‘nalishda muntazam reyslar yo‘lga qo‘yadi.
Aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi va yurish yo‘lagi kapital ta’mirlangani sababli, endi u o‘rta masofali samolyotlarni ham qabul qila oladi. Bu esa Shahrisabz shahriga sayyohlar oqimini yanada oshirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways va Asiana Airlines kod-shering shartnomasini imzolagan edi.