Ta’lim xizmatlari hajmi 8,1 trillion so‘mga yetdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
2025-yilning birinchi choragiga muvofiq

2025-yilning yanvar – mart oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 8,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,8 foiziga teng.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ta’lim xizmatlari 7,6 foizga oshgani qayd etilgan. Umumiy ta’lim xizmatlari ichida esa eng katta ulush – 45,8 foiz – oliy ta’lim muassasalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sakkizta viloyatda «Ilg‘or kasbiy tayyorgarlik markazlari» tashkil etilishi haqida yozgan edik.