Ukraina O‘zbekistondagi uchta kompaniya va bir fuqaroga sanksiya e’lon qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
10 yil muddatga
Ukraina O‘zbekistondagi uchta kompaniya va bir fuqaroga sanksiya e’lon qildi / Foto: VPK

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy imzolagan farmonga asosan, Rossiya, Xitoy, Eron, Belarus va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bir nechta kompaniyalarga nisbatan 10 yil muddatga sanksiyalar joriy qildi.

Umumiy ro‘yxatda 67 ta Rossiya kompaniyasi bilan bir qatorda 7 ta xorijiy yuridik shaxs ham mavjud bo‘lib, ularning 3 tasi O‘zbekistonda faoliyat yuritadi. Shuningdek, ushbu sanksiyalar ro‘yxatiga O‘zbekistonning 1 nafar fuqarosi ham kiritilgan.

Sanksiyaga uchragan kompaniyalardan biri «Mercury Renaissance» MChJ QK bo‘lib, u 2016-yilda Toshkent shahrida davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Korxona qurilish texnikasi va uskunalarini ijaraga berish hamda lizing xizmatlari bilan shug‘ullanadi. Uning asosiy ta’sischilari Muminov Rustam Rahimjanovich va Tadjiev Shahriyor Sahiovich hisoblanadi.

Ikkinchi kompaniya – «Raw Materials Cellulose» MChJ Jizzax viloyatida joylashgan bo‘lib, qog‘oz massasi va sellyuloza ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Uchinchi kompaniya esa «Farg‘ona kimyo zavodi» MChJ bo‘lib, u ham sellyuloza ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi va «Mercury Renaissance» tarkibiga kiradi.

Sanksiya e’lon qilingan shaxs Muminov Rustam Rahimjanovich bo‘lib, u O‘zbekiston va Rossiya fuqaroligiga ega. Ukraina rasmiylari unga nisbatan choralar ko‘rilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YI Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqargan edi.

Shuningdek