Yangiliklar

«Xalq nazorati» portaliga 22 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi

Ularning 93,4 foiz qismi hal etilgan
«Xalq nazorati» portaliga 22 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi / Foto: Facebook

2025-yil 8-may holatiga ko‘ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali jami 22 746 ta murojaat qabul qilingan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, eng ko‘p murojaatlar Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari aholisi tomonidan yuborilgan.

Murojaatlarning 55 tasi portal qoidalari buzilgani yoki boshqa murojaatni takrorlagani sababli rad etilgan. XUJMSH va boshqaruv kompaniyalari faoliyati bo‘yicha 7087 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 93,4 foizi, ya’ni 6611 tasi hal etilgan.

Murojaatlarning 31,2% qismi uy-joykommunal xo‘jaligi muammolariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 27,3 % qismi yo‘llar va piyodalar yo‘laklari asfalt qoplamasining holati yuzasidan yo‘llangan. Shuningdek, 9% qismi obodonlashtirish, qolgan 3% esa ekologik masalalar bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kommunal xizmatlar bo‘yicha 84,8 mln so‘mlik qarz bekor qilingani haqida yozgan edi.