
AQSh va Xitoy o‘rtasida davom etayotgan savdo urushini yumshatish maqsadida ikki tomonlama vaqtincha kelishuvga erishildi. Bu haqda AQSh G‘aznachilik kotibi Skott Bessent xabar qildi.
Unga ko‘ra, AQSh Xitoy mahsulotlariga nisbatan boj stavkasini 145 foizdan 30 foizga tushiradi. Xitoy esa AQSh tovarlariga nisbatan bojlarni 125 foizdan 10 foizga kamaytiradi. Bu chora-tadbirlar 90 kun davomida amal qiladi.
Bu kelishuv eksportchilarga vaqtincha yengillik berish va global bozorni tinchlantirishga qaratilgan. Xususan, fentanil bilan bog‘liq mahsulotlar kabi sezgir sektorlar ham ushbu pasaytmalarga kiritilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp xorijiy filmlarga 100 foizlik boj joriy qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.