Sport

Abduqodir Husanov va Vitor Reis: qaysi biri ko‘p maosh oladi

«Manchester Siti» shu yil transfer qilingan markaziy himoyachilarni taqqoslaymiz
Abduqodir Husanov va Vitor Reis: qaysi biri ko‘p maosh oladi / Foto: City Report / X ijtimoiy tarmog‘i

«Manchester Siti» shu yil boshida asosiy transferlarni amalga oshirdi: markaziy himoyachilar sonini ikkitaga oshirib, kuchli tarkibni shakllantirdi. Abduqodir Husanov va Vitor Reis shular jumlasidan. Xo‘sh, jamoaga bir vaqtda qabul qilingan ikki futbolchi «Shaharlik»lardan qancha maosh oladi?

Vitor Reisning (markaziy himoyachi) «Manchester Siti» (Premer-liga) bilan shartnomasida 5 yil va 10 400 000 funt sterling miqdoridagi maoshga kelishuv imzolagan. Shartnoma 2029-yil 30-iyunda tugaydi. 19 yoshli Vitor Reis haftasiga 40 000 funt sterling maosh oladi.

Abduqodir Husanov (markaziy himoyachi) 2029-yil 30-iyun kuni tugaydigan «Manchester Siti» (Premer-liga) bilan shartnomasida 5 yil va 5 200 000 funt sterling maoshi bor. Husanov 2024/2025-yilgi mavsumda haftasiga 20 000 funt sterling maosh oladi.

Quyidagi jadval orqali ikkala futbolchining transfer qiymati va maoshini ko‘rishingiz mumkin:

Ko‘rsatkichVitor ReisAbduqodir Husanov
PozitsiyaMarkaziy himoyachiMarkaziy himoyachi
Yoshi19 yosh20 yosh
Shartnoma muddati5 yil (2025 – 2029)5 yil (2025 – 2029)
Shartnoma tugash sanasi2029-yil 30-iyun2029-yil 30-iyun
Yillik maosh£2,080,000£1,040,000
Umumiy (5 yillik) maosh£10,400,000£5,200,000
Haftalik maosh£40,000£20,000
Transfer narxi£29.6 million£33.6 million

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola «Manchester Siti» tarkibi haqida muhim fikr bildirganini yozgan edi.