
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatni ixtiyoriy tark etishga rozi bo‘lgan noqonuniy muhojirlarga bepul aviachipta va $1000 gacha pul kompensatsiyasi berilishini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Truth sahifasida ma’lum qildi.
Tramp «o‘z-o‘zi deportatsiya qilish» dasturini ishga tushirganini aytib, bu orqali muhojirlarning chiqib ketishini soddalashtirish ko‘zda tutilganini bildirdi. Buning uchun esa aeroportga kelish va maxsus mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tish kifoya qiladi.
Prezident bu choralar federal budjetga katta mablag‘ tejashini aytib, ixtiyoriy ketishdan bosh tortganlar uchun esa jiddiy jazolar – jarima, qamoq yoki istalgan mamlakatga deportatsiya kabi choralar ko‘rilishini ogohlantirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp 8-mayni G‘alaba kuni deb e’lon qilgan edi.