
Qozog‘istonning «Atirau» futbol klubi g‘alabalar uchun qurbonlik marosimini o‘tkazdi, deya xabar berdi jamoa matbuot xizmati.
Qurbonlik uchun qo‘chqor tanlangan. Klub ketma-ket sakkizta mag‘lubiyatdan so‘ng bu qadamga borgan.
Biroq qurbonlik kutilgan natijani bermadi, mag‘lubiyatlar seriyasi o‘ntagacha yetib bordi.
Ushbu o‘yinlar davomida jamoa o‘z darvozasidan 25 ta gol o‘tkazib yubordi. «Atirau» futbolchilari esa raqiblar darvozasiga bor-yo‘g‘i beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eldor Shomurodov A Seriya hafta ramziy terma jamoasiga kiritilgani haqida xabar bergan edi.