
12-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:05 da Bitkoin narxi $105 646 ga yetdi. Bu ko‘rsatkich 31-yanvardan beri birinchi marta qayd etildi.

Biroq 07:42 da narx $104 800, 08:01 da esa $104 496 ga pastladi. Shunga qaramay kriptovalyuta kun davomida 0,18 foizga o‘sdi.
Fevral oxirida bitkoin kursi keskin tushib ketgandi. Aprel boshida narx $76-77 ming atrofida bo‘lgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bitkoin uzoq davom etgan pasayish tuzilmasini sindirgani haqida yozgandi.