Mahalliy aviaqatnovlarga subsidiyalar ajratiladi
eʼlon qilindi
2026-yil 1-yanvarga qadar

Hukumat qaroriga bilan O‘zbekistonda mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi barcha rezident aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, endilikda «Uzbekistan Airways»ga nisbatan belgilangan maxsus tarif va subsidiyalar barcha mahalliy aviakompaniyalarga ham tatbiq etiladi. Aviakompaniyalar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha chipta sotib, har oy yakunida subsidiya olish uchun Transport vazirligiga murojaat qilishlari mumkin. Ushbu tartib 2026-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olganlarga 50 million so‘mgacha subsidiya berilishi haqida yozgan edik.