Maxachkala – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar kechikishi mumkin

eʼlon qilindi
UzAirways ogohlantirdi
UzAirways
Maxachkala – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar kechikishi mumkin / Foto: Uzairways

UzAirways 1-maydan 31-maygacha Maxachkala – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar kechikishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bu kechikishlar «Haj – 2025» dasturining o‘tkazilishi va Maxachkala xalqaro aeroportida yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi bilan bog‘liq.

Yo‘lovchilarga aeroportga oldindan yetib kelishni va parvozdan oldingi nazoratdan o‘tishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kechikishlarni hisobga olish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yil 7-may kuni HY601/602 (Toshkent – Moskva (Domodedovo) – Toshkent) reysi samolyotning kechikib yetib kelgani sababli yangilangan jadval asosida amalga oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek