O‘zbekiston Afg‘onistonga 5 tonna paxta chigitini hadya etdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 5 tonna paxta chigiti sovg‘a qildi. Bu 200 gektar maydonga ekish uchun yetarli bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, Afg‘onistonga 20 tonna guruch, 500 kilogramm mosh, 187 kilogramm sabzavot urug‘i, 600 kilogramm sifatli poliz urug‘i yetkazib berildi.
O‘zbekistonning ko‘magi qo‘shni davlatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
«O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik bugungi kunda mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilmoqda, bu esa yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari va umuminsoniy qadriyatlarning amaliy ifodasidir», – deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Afg‘onistonda «Tolibon» harakati tomonidan shaxmat o‘yini rasmiy ravishda harom deb e’lon qilingani haqida yozgan edi.