Yangiliklar

Prezident Bryusseldagi «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» iqtisodiy sammitida ishtirok etadi

Shu yilning noyabr oyida
Prezident Bryusseldagi «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» iqtisodiy sammitida ishtirok etadi / Foto: President.uz

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar Toshkentda o‘tkazilgan Yevropa kuni tadbirida Shavkat Mirziyoyevning noyabr oyida Bryusselga tashrifi va «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» iqtisodiy sammitida ishtirok etishini e’lon qildi.

Elchi, shuningdek, YIning O‘zbekistonga eng chekka hududlarni ham qamrab oluvchi yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh internetini taqdim etishga tayyorligini bildirdi. Bu tashabbus raqamli infratuzilmani rivojlantirish va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo madaniy merosini muhofaza qilish tanlovi haqida e’lon qilgan edik.