
O‘zbekiston Tehron shahrida o‘zining savdo markazini ochadi. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.
11-may kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov rasmiy tashrif bilan Eron Islom Respublikasiga bordi.
Tashrif doirasida Eron poytaxtida Eron – O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo komissiyaning 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
2025-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi savdo aylanmasi $101 milliondan oshdi. Eron O‘zbekistonning eng yirik 20 ta savdo hamkorlari qatoriga kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiva shahrida «Arda Xiva» xalqaro turizm markazi ochilgani haqida yozgandi.