«Toshkent» RFB: «Kapital Sug‘urta» aksiyalari 100 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Shunga qaramay, UCI fond indeksi 0,68 foizga pasaydi
«Kapital Sug‘urta» aksiyalari 100 foizga oshdi / Foto: Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 2-maydan 8-maygacha bo‘lgan davrda aksariyat aksiyalar yuqoriladi. Bunga qaramay, UCI fond indeksi 0,68 foizga pasaydi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

2025-yil 8-may holatiga ko‘ra, «Kapital Sug‘urta» aksiyalari qiymati 0,01 so‘mdan 0,02 so‘mga oshib, 100 foizlik o‘sishga erishdi. Shuningdek, «Uzbekinvest» aksiyalari ham 6,38 foizga ko‘tarilib, 1222 so‘mdan 1300 so‘mga yetdi. Eng katta yo‘qotish esa «Qizilqumsement» hissasiga to‘g‘ri kelib, aksiyalar narxi 1500 so‘mdan 1300 so‘mga tushib, 13,33 foizga kamaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jett asoschisi Tolibjon Mirzaqulov bilan suhbat e’lon qilgan edi. 62 mingdan ziyod o‘zbekistonliklar Jett ilovasi orqali aksiyalar savdosini amalga oshiradi. Bu servis foydalanuvchilarga aksiyalarni smartfon yordamida xarid qilish imkonini beradi.

Shuningdek