Yil boshidan beri to‘rt mingga yaqin noqonuniy chiqindi tashlash holati aniqlandi

eʼlon qilindi
250 ta kamera orqali
Yil boshidan beri to‘rt mingga yaqin noqonuniy chiqindi tashlash holati aniqlandi / Foto: Pexels.com

2025-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekistonda onlayn kuzatuv kameralar yordamida 3743 ta noqonuniy chiqindi tashlash holati qayd etildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur holatlar respublika bo‘ylab maxsus o‘rnatilgan 250 ta kamera orqali aniqlangan bo‘lib, ular tunu kun ishlaydi.

Ekologiya vazirligining Situatsion markazi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kameralar faqat chiqindi tashlash emas, boshqa turdagi huquqbuzarliklarni ham fosh qilish imkonini bermoqda. Aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning to‘qqizta noyob daraxti xalqaro ro‘yxatga kiritilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek