Yangiliklar

13-may kuni havo harorati 40 darajagacha isiydi

Kechqurun esa 20 darajagacha
13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Pexels.com

13-may kuni respublikamiz hududida quyoshli va quruq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Sharqiy shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21°, kunduzi 35-37° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida shamol ba’zi hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kechishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° issiq bo‘ladi

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo biroz bulutli, harorat 35-40° atrofida issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, lekin yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Kunduzi 34-39° issiq kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo juda issiq bo‘lib, kunduzi 40° gacha ko‘tarilishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° iliq ob-havo bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa ob-havo salqinroq: kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° atrofida bo‘ladi.