
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan «Crypto Magnat» MCHJga kriptodo‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun rasmiy litsenziya berildi.
Bu litsenziya «Kripto-aktivlar aylanishi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq taqdim etilgan bo‘lib, kompaniyaga O‘zbekiston hududida qonuniy asosda kripto-aktivlar bilan xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.
Mazkur kompaniya 2025-yil 9-mart kuni Davlat xizmatlari markazi orqali rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ustav fondi 500 mln so‘m etib belgilangan va kompaniya hozirda faoliyat yuritayotgan holatda. Kompaniyaning yagona ta’sischisi Yakvalxodjayev Asatilla Suratovich bo‘lib, u ustav fondining 100 foiz ulushiga ega.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi kriptoaktivlar sohasida ayni paytda mamlakatda 12 ta kripto-do‘kon faoliyat yuritmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ILMA qonunlarga regulyator sifatida rasman kiritilgan edi.