Cyclauto veloavtomobili taqdim etildi

13-may 2025 07:57 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Cyclauto veloavtomobili taqdim etildi / Foto: Cyclauto

Fransiyalik Cyclauto startapi yangi turdagi yuk tashuvchi velosipedni taqdim etdi. Velosiped elektr quvvatisiz, faqat inson kuchi yordamida harakatlanadi.

Uning eng e’tiborga molik jihati – noodatiy dizayn va avtomobildagidek yumaloq rul bilan boshqarilishi.

Foto: Cyclauto

Uch g‘ildirakli Cyclauto ikki qismdan iborat: old qismida boshqaruv va o‘rindiq joylashgan, orqa qism esa yuk tashish uchun almashtiriladigan aravachalardan tashkil topgan. Velosipedda uch pog‘onali uzatma tizimi, gidravlik disk tormozlari mavjud.

Yangi velosiped ilk bor Germaniyadagi Spezi 2025 ko‘rgazmasida namoyish etildi. Narxi va boshqa texnik tafsilotlar hozircha e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kawasaki kelajak robot oti konseptini ishlab chiqqani haqida yozgan edik.

Shuningdek