Dollar kursi qariyb 40 so‘mga oshdi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra
Евробонды «Узбекнефтегаз»
Foto: Logan Voss / Unsplash

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 13-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 935,27 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 39,72 so‘mga oshdi.

Dollar kursi bu haftani yuqorilash bilan boshladi:  12-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 15,20 so‘mga oshib, 12 895,55 so‘mni tashkil etgandi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 28,64 soʻmga oshib, 14 367,20 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,09 soʻmga yuqorilab, 160,47 soʻmga teng boʻldi.

Mamlakatdagi tijorat banklari 12-may kuni bir AQSh dollarini 12 835 – 12 900 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 900 – 13 000 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin

Shuningdek