
Endilikda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish istagidagi eng iqtidorli yoshlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «El-yurt umidi» stipendiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda davlat rahbari farmoni e’lon qilindi.
Stipendiya g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat orqali aniqlanadi. Testlar orqali nomzodlarning intellektual salohiyati, tahlil qilish va kreativlik qobiliyati, psixologik barqarorligi baholanadi.
Shuningdek, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinda turuvchi oliygohlarga kirgan nomzodlar uchun maxsus imtiyozlar belgilanmoqda:
- Top – 100 talikda bo‘lgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga to‘liq grant asosida qabul qilingan talabalar «El-yurt umidi» stipendiyasini tanlovsiz qo‘lga kiritadi;
- Top – 300 talikka kiruvchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turar joy xarajatlari uchun stipendiyalar tanlovsiz ajratiladi;
- Top – 20 talikdagi oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat dasturlariga kamida 50% qamrovli grant asosida o‘qishga qabul qilingan Prezident, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari ham tanlovsiz «El-yurt umidi» stipendiyasi bilan ta’minlanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan talaba qizlarga maxsus yangi stipendiya tayinlanishi haqida yozgandi.