
2025-yil 1-sentabrdan boshlab, xalqaro shartnomalar asosida readmissiya qilingan (ya’ni chet elda noqonuniy qolib, O‘zbekistonga qaytarilgan) fuqarolarga 2 yil davomida xorijga chiqish uchun biometrik pasport berilmaydi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro nufuziga va obro‘-e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan fuqarolarga doir ma’lumotlar Migratsiya jarayonlariga doir ma’lumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi.
Readmissiya qilingan fuqarolarga chet elga chiqishi uchun biometrik pasporti rasmiylashtirib beriladigan istisno holatlar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri chet elga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborilgan, ammo xorijiy davlat qonunlarini buzib, deportatsiya qilingan fuqarolarga nisbatan yangi tartib joriy etilgani haqida yozgan edi.