Google «G» ikonkasini 10 yildan so‘ng yangiladi

eʼlon qilindi
iOS foydalanuvchilari uchun allaqachon paydo bo‘ldi
Google «G» ikonkasini 10 yildan so‘ng yangiladi / Foto: 9T05Google

Google 2015-yildan beri o‘zgarmay kelgan mashhur «G» ikonkasiga nihoyat yangilik kiritdi. Endilikda to‘rt bo‘lakli an’anaviy qattiq ranglar o‘rniga ranglar bir-biriga silliq o‘tadigan gradient uslubda tasvirlangan: qizil sariqqa, sariq yashilga, yashil esa ko‘kka o‘tadi.

Bu dizayn yangiligi Google’ning AI (sun’iy intellekt) xizmatlaridagi rangli gradientlar bilan uyg‘un ko‘rinadi.

Yangi ikonka iOS foydalanuvchilari uchun Google Qidiruv ilovasida allaqachon paydo bo‘ldi, Android foydalanuvchilari esa bu o‘zgarishni Google 16.18 beta versiyasida ko‘rishmoqda. Asosiy «Google» yozuvi va boshqa mahsulot logotiplari hozircha o‘zgartirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google AI Mode sun’iy intellektli qidiruv tizimini taqdim etgan edi.

Shuningdek