Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

eʼlon qilindi
10-may kuni
Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilindi / Foto: Islom.uz

Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan, 1974-yilda tug‘ilgan fuqaro Tursunov Alisher Axmadovich 8-may kuni Turkiyada qo‘lga olindi. U 10-may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda IIV rasmiy bayonot berdi.

Surishtiruvlarga ko‘ra, Tursunov (Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan) ta’sisligidagi axborot platformalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston qonunchiligiga zid axborotlarni tarqatgan. Mazkur kontent tegishli ekspertiza xulosasiga ko‘ra, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi hamda diniy ekstremizmga yo‘naltirilgan materiallar sifatida baholandi.

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda ushbu jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Azon Global tahliliy portali asoschisi Alisher Tursunov qidiruvga berilgani haqida yozgandi.

Shuningdek