O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzodini ilgari surdi
eʼlon qilindi

O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi (CEU) raisligiga tarixda ilk bor nomzodini ilgari surmoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.
Mazkur komissiyaga 41 ta davlat kiradi. Komissiyaning 71-yig‘ilishi 4-6-iyun kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilishda 2025-2027-yillardagi komissiya raisi uchun saylov o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilning aprel oyida O‘zbekistonga ilk bor bir milliondan ortiq sayyohlar tashrif buyurgani haqida yozgan edi.