
O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi (CEU) raisligiga tarixda ilk bor nomzodini ilgari surmoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.
Mazkur komissiyaga 41 ta davlat kiradi. Komissiyaning 71-yig‘ilishi 4-6-iyun kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilishda 2025-2027-yillardagi komissiya raisi uchun saylov o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilning aprel oyida O‘zbekistonga ilk bor bir milliondan ortiq sayyohlar tashrif buyurgani haqida yozgan edi.