
Uzbekistan Energy Week – UEW 2025 doirasida O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasining Perm o‘lkasi bilan sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzolaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
Mazkur hujjat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma energetika loyihalarini ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.
Imzolash marosimi Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxonin ishtirokida bo‘lib o‘tadi. U Toshkentga aynan ushbu forumda qatnashish uchun tashrif buyurgan.
«Perm o‘lkasi gubernatoriga doimiy qo‘llab-quvvatlovi va shaxsiy ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz», — dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025–2026-yillarda 2 983 ta mikro-GES qurilishi haqida yozgan edik.