Yangiliklar

Sentabrdan Mo‘g‘uliston aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

«Hunnu Air» aviakompaniyasi
Sentabrdan Mo‘g‘uliston aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi / Foto: Hunnu Air

Mo‘g‘ulistonning «Hunnu Air» aviakompaniyasi sentabrdan O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi. Bu haqda Uzbekistan Airport xabar berdi.

Toshkent – Ulan-Bator yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar haftasiga ikki marta Embraer 190 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, aviakomaniya 2011-yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Ulan-Batordagi Chingizxon xalqaro aeroportida joylashgan. Kompaniya ichki va xalqaro yo‘nalishlarda ATR 72-500 va Embraer 190 rusumli samolyotlarda parvozlar amalga oshiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Malayziya aviakompaniyasi oktabrdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.