Yangiliklar

Turkish Airlines samolyot to‘liq to‘xtamasidan oldin harakatlanganlarni jarimaga tortadi

Qoidani buzganlarga ma’muriy jarima qo‘llaniladi
Foto: Uzbekistan Airports

Turk havo yo‘llari (THY) parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi tartibni joriy etdi. Bu haqda «Ak deniz gercek» nashri xabar berdi.

Endilikda samolyot to‘liq to‘xtamay, xavfsizlik kamarini yechish chirog‘i o‘chmasdan o‘rnidan turgan yo‘lovchilar «qoidabuzar» deb topiladi va ularga ma’muriy jarima qo‘llaniladi.

«Parvoz yakunida samolyot hali to‘liq to‘xtamagan va xavfsizlik kamarini yechish belgisi o‘chmagan holatda o‘rnidan turish, yukxonalardan sumka olish yoki ekipaj ogohlantirishlariga e’tibor bermaslik – endilikda qonuniy javobgarlikka olib keladi», — deyiladi xabarda.

THY tomonidan tarqatilgan ko‘rsatmaga ko‘ra, «xayrlashuv e’loni»dan so‘ng yo‘lovchilarga ushbu yangi tartib bo‘yicha maxsus ogohlantiruvchi e’lon berish majburiy bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan turkiyalik fuqaro UzAirways ustidan shikoyat qilgani haqida yozgandi.