Yangiliklar

Urganch shahriga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi – video

Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qaroriga muvofiq
Urganch shahriga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi / Foto: Trasnport vazirligi

Urganch shahrida jamoat transporti tizimini yaxshilash maqsadida shaharga 30 ta zamonaviy «Zong tong» rusumli avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur avtobuslar Xitoyda ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularni viloyatda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan «Bunyod yo‘lovchi tashish» korxonasi keltirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/05/avtobusy-v-urgenche.mp4
Trasnport vazirligi

Korxona tomonidan «O‘zmilliybank» imtiyozli kreditlari asosida umumiy qiymati $8 mln bo‘lgan 80 dona avtobus xarid qilinmoqda. Shu tariqa viloyatda jamoat transporti xizmatlari bosqichma-bosqich zamonaviylashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2025-yil boshidan buyon 241 ta avtobus olgan.