
Xiaomi kompaniyasi o‘zining arzon, lekin funksional kompyuter sichqonchasini taqdim etdi. Xiaomi Wireless Mouse 2 nomi ostida chiqarilgan yangi model atigi 5 dollar narxda sotuvga chiqarildi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Ushbu sichqoncha 1000 DPI sezgirlikka ega bo‘lib, ofis ishlaridan tortib, kundalik foydalanish uchun ham yetarli darajada qulay. U USB Type-C orqali quvvatlanadi, bu esa zamonaviy kompyuter va noutbuklar bilan mos kelishini ta’minlaydi.
Xiaomi yangi sichqonchani minimalistik dizayn, ergonomik shakl va yengil vazn bilan jihozlagan. U Bluetooth 5.1 va 2.4 GHz USB adapter orqali ulanadi, bu esa uni bir nechta qurilmaga ulash imkonini beradi.
Sichqoncha allaqachon Xitoyda rasmiy do‘konlar orqali sotuvga chiqarilgan, tez orada boshqa bozorlarga ham yetib borishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi o‘zining birinchi ochiq til modeli MiMo’ni taqdim etgani haqida xabar bergan edi.