
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi Damas ishlab chiqarilgani bilan bog‘liq xabarlar tarqalgan edi. UzAutoSanoat bu masalada Kursiv Uzbekistan nashriga izoh berdi.
«Yangi model maqsadli iste’molchilarning istak va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tanlanadi. Ayni paytda texnik xususiyatlarning mahalliy foydalanish sharoitlariga mosligi, ishonchliligi va qulayligi bo‘yicha potensial avtomobil modellari o‘rganilmoqda», – deyiladi kompaniya munosabatida.
«Yuqoridagi mezonlarga javob beradigan model aniqlanib, tasdiqlangach, ushbu modelni O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborot manbalarimizda e’lon qilinadi'», – deya qo‘shimcha qilingan AJ izohida.
Demak, aynan qanday model tanlanishi hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston internet segmentida Chevrolet Damas 2026 nomi ostida Chevrolet N400 modelining tasvirlari tarqalgan edi.



Avvalroq Chevrolet Cobalt avtomobilining qo‘shni davlatlarda qanday narxlarda sotilayotgani haqida yozgan edi.